AsosiyJamiyat

Xonanda Jaloliddin Ahmadalievni sudga berishdi

'Xonanda Jaloliddin Ahmadalievni sudga berishdi'ning rasmi

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliev she`rdan ruxsatsiz foydalangani uchun mualliflik huquqini buzganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Farg`ona viloyat adliya boshqarmasining ma`lumot berishicha, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoir Behzod Fazliddin ariza bilan murojaat qiladi. Gap shundaki, xonanda Jaloliddin Ahmadaliev xech qanday ruxsat olmasdan shoirga tegishli “Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim” to`plamidagi “Balosiz – go`yoki g`amimni eysiz” deb boshlanuvchi “Ayyor do`stlarim” she`ridan foydalanib qo`shiq ijro qilgan. Va bu ijod namunasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, to`ylarda faol ijro qilingan. Shoir B.Fazliddin Farg`ona viloyat adliya boshqarmasidan buzilgan mualliflik huquqlarini tiklab berishni, xonandaga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Murojaat tegishli tartibda o`rganildi. Jinoyat ishlari bo`yicha Uchko`prik tuman sudining qaroriga asosan, xonanda mualliflik huquqbuzarligi sodir etilganlik fakti tasdiqlandi. Unga nisbatan ma`muriy jarima jazosi tayinlandi. Shundan so`ng shoir B.Fazliddin foydasiga Fuqarolik ishlari bo`yicha Qo`qon tumanlararo sudining hal qiluv qarori e`lon qilindi. Unga ko`ra, bazaviy xisoblash miqdorining 80 barobari, ya`ni 24 mln so`m tovon puli, 2 mln so`m ma`naviy zarar, jami 26 mln so`m undirib berildi va xonanda J.Ahmadaliev tomonidan ijro etilgan “Ayyor do`stlarim” nomli qo`shiqni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlash majburiyati yuklatildi.

sudining qaroriga asosan, xonanda mualliflik huquqbuzarligi sodir etilganlik fakti tasdiqlandi. 

    Boshqa yangiliklar