Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Urgut tumanida mashinalar xavfli manyovrlar bilan harakatlangani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Urgutda mashinalarni guruh-guruh bo`lib, manyovr bilan boshqarayotgan haydovchilarning videosi tarqaldi. Videodan ko`rish mumkinki, bir nechta mashina bir nechta "Lacetti" avtomobili boshqa haydovchilarga xalaqit bergan holda, avariyali holatni yuzaga keltirib harakatlangan. Ularning ba`zilari drift ham uyushtirgan bo`lsa, ayrimlari, katta tezlikda qayrilib olish manyovrlarini bajargan.
IIB mas`uliga ko`ra, hozirda ushbu shaxslarni topish choralari ko`rilmoqda. Ta`kidlanishicha, tasvirlardagi barcha haydovchilarga qonunda belgilangan tartibda chora ko`rilib, natijasi jamoatchilikka ma`lum qilinadi.






