O`zbekiston Mustaqilligining 31 yilligini keng nishonlash maqsadida odamlarga bayramona kayfiyat bag`ishlash maqsadida, bugun 1 sentyabr kuni "Yangi O`zbekiston bog`i"da soat 21:00 da tantanali mushakbozlik tadbiri o`tkazilishi haqida xabar bergan edik.
“Toshshahartransxizmat”Axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur tadbirga tashrif buyuruvchi fuqarolar va poytaxtimiz mehmonlari "Toshshahartransxizmat" AJning "5-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan "Yangi O`zbekiston bog`i"ga harakatlanuvchi 106-, 151- va 190-sonli avtobus yonalishlaridan foydalanishlari mumkin.
"Ushbu avtobuslar soat 23:00 ga qadar fuqarolarimizga xizmat ko`rsatadi" deyiladi xabarda.






