2022-2023 o`quv yili O`zbekistondagi 10 130 ta maktablarda “Bilimlar kuni”ni “Mustaqillik dars”lari bilan boshlanadi.
Xalq ta`limi vazirligi bergan xabarga ko`ra, darslar“Yangi O`zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o`tkazilib, maktab direktori, uning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari, tarix, ona tili va adabiyoti fanlari o`qituvchilari hamda sinf rahbarlari tomonidan olib boriladi.
“Mustaqillik darslari”da o`quvchilarga xalqning 31 yil davomida erishgan yutuqlari, prezidentimiz va hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati borasida keng ma`lumotlar beriladi.
"Shuningdek, umumta`lim maktablariga tashrif buyurgan sektor rahbarlari ham “Mustaqillik darslari”da ishtirok etib, o`quvchilarga mamlakatimizda mustaqillik yillarida xususan so`nggi yillarda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ma`naviy-ma`rifiy, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta`minlash borasida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar mazmun-mohiyati, ta`limdagi islohotlar, yoshlarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati va boshqa bir qator ko`rsatgichlar va erishilayotgan yutuqlar to`g`risida ma`lumotlar berib o`tadi",-deyiladi xabarda.
Ma`lumot berilishicha, mazkur darslarni o`qitish uchun Xalq ta`limi vazirligi tomonidan namunaviy ssenariy va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Quyidagi havolalar orqali ssenariy va tavsiyalarni yuklab olishingiz mumkin:
“Birinchi qo`ng`iroq”ning 👉NAMUNAVIY SSENARIYSI va TAVSIYaLAR