Butunjahon Turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili Bosh vazir o`rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovga O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tabrik yo`lladi.
Tabrikda O`zbekiston Butunjahon turizm tashkilotining muhim va ishonchli hamkori, shuningdek, turizm sohasida tan olingan etakchi davlatlardan hisoblanishi vaO`zbekiston hukumatiga turizmni rivojlantirish borasidagi sa`y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirilgan.
"O`zbekiston Butunjahon turizm tashkilotining muhim va ishonchli hamkori, shuningdek, turizm sohasida tan olingan etakchi davlatlardan hisoblanadi. O`zbekiston hukumatiga turizmni rivojlantirish borasidagi sa`y-harakatlari uchun minnatdorlik bildiraman. Tashkilot Sizning turizm sohasidagi tashabbuslaringizni doim qo`llab-quvvatlashga tayyor",-deydi u.
U so`zida davom etarkan, o`zbek xalqiga tinchlik tiladi.
"O`zbek xalqiga farovonlik, Sizga esa mustahkam sog`lik, Vatan ravnaqi yo`lidagi mas`uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman", deyiladi tabrikda.






