AsosiyJamiyat

Sirdaryoda paxta terimi boshlab yuborildi (video)

'Sirdaryoda paxta terimi boshlab yuborildi (video)'ning rasmi

Bugun, 2 sentyabr kuni Sardobadagi "Sardoba Universal Klaster" paxta to`qimachilik klasteri paxta maydonlarida "Paxta-2022" yig`im-terim mavsumiga barvaqtroq start berildi. 

Ma`lum qilinishicha, unda viloyat hokimi G`ofurjon Mirzaev zamonaviy terim mashinasini boshqarib, paxta terimini boshlab berdi.

Klaster rahbariga ko`ra, keyingi paytlarda paxta hosilini yig`ishtirib olishda mexanizasiyalashni joriy etish anchayin jadallashgani va bu mehnat unumdorligini oshirmoqda. 

"Shundan kelib chiqib, bu yil klaster er maydonlarida etishtirilgan paxta hosili to`laligicha terim mashinalari yordamida yig`ib olish maqsad qilingan. Tafsilotlar haqida batafsil keyingi xabarlarda to`xtalamiz",-deyiladi hokimlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar