AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda haydovchi "Damas"da 19 yo`lovchi bilan harakatlandi (video)

'Qashqadaryoda haydovchi "Damas"da 19 yo`lovchi bilan harakatlandi (video)'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida haydovchi "Damas" avtomobilida 19 yo`lovchi bilan harakatlangani aks etgan video tarqaldi. 

Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Qarshi tumani hududida YPX xodimi "Damas" avtomashinasini to`xtatgan. Ushbu vaziyatda haydovchi 19 nafar yo`lovchi bilan ketayotgani aniqlangan va belgilangan tartibda chora ko`rilgan.

"Barcha haydovchilardan odam tashish qoidalariga amal qilishlarini, yo`lovchilar o`z salomatliklari uchun haydovchining qoidabuzarligiga ko`z yummasliklarini so`rab qolamiz", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar