Prezident raisligida o`tkazilayotgan videoselektor yig`ilishida Andijon, Buxoro, Xorazm viloyatlarida paxta va g`alladan qisqartirilib, aholiga bo`lib berilgan erlardan samarali foydalanib, 3 martagacha hosil olib, ichki bozorni ta`minlash bilan birga eksportni 1,5 baravarga oshirgani ta`kidlandi.
Islohotlar natijasida respublikada parranda go`shti, tuxum, baliq, guruch mahsulotlari bilan ta`minlash darajasi ancha yaxshilandi.
Misol uchun, so`nggi 3 yilda:
- baliq etishtirishni Andijon 4 ming tonnadan 25 ming tonnaga, Buxoro 3,5 ming tonnadan 23 ming tonnaga oshirgan;
- parranda go`shtini Samarqand 22 ming tonnadan 100 ming tonnaga, Toshkent viloyati 31 ming tonnadan 90 ming tonnaga etkazgan;
- tuxum ishlab chiqarishni Sirdaryo 127 million donadan 200 million donaga, Namangan 480 million donadan 700 million donaga, Farg`ona 350 million donadan 600 million donaga ko`paytirib, to`liq o`zini-o`zi ta`minlayapti.
Lekin, ayrim viloyat hokimlari bu ishlarni to`g`ri tashkil qila olmagani qayd etildi.
“Nima, bu viloyat hokimlari hududiga qancha oziq-ovqat etishmasligi, qancha import kirayotganini bilmaydi-mi?”, deya savol qo`ydi Prezident.
Ichki bozor 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importiga bog`liq bo`lib qolayotgani qayd etildi.
Prezidentimiz bu holatni qattiq tanqid qilib, mutasaddilarga viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga bir oy muddatda ushbu 25 turdagi import mahsulotlarini o`zimizda ishlab chiqarib, ko`paytirish bo`yicha loyiha paketlarini taqdimot qilib, hukumat qarorini chiqarish topshirildi.
Kelgusi yil olti oy yakuni bilan bu borada o`zgarish qilmagan viloyat hokimlari ishdan olinishi ko`rsatib o`tildi.






