AsosiyJamiyat

Vositachilikdan tortib sutchilikkacha...

'Vositachilikdan tortib sutchilikkacha...'ning rasmi

Yana 10 ta faoliyat turi o`zini o`zi band qilgan shaxslar shug`ullanishi mumkin bo`lgan faoliyat turlari ro`yxatiga kiritiladi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Unda qayd etilishicha, joriy yilning 1 noyabrdan quyidagi 10 ta faoliyat turi o`zini o`zi band qilgan shaxslar shug`ullanishi mumkin bo`lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro`yxatiga kiritiladi. Xususan, uy hayvonlari (qoramol, qo`y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati, avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati, rieltorlik xizmatini ko`rsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga ko`maklashish), uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati shular jumlasidan.

    Boshqa yangiliklar