Bu bo`yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
Unga ko`ra, respublikasining barcha tumanlarida joylashgan va shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub`ektlari uchun 2023 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar bo`lgan davrda:
- Foyda solig`i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan er solig`i bo`yicha soliq stavkalari 50 foizga kamaytirilgan holda;
- ijtimoiy soliq kamaytirilib, 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasida;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to`lanayotgan ijtimoiy soliq shaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 12 baravarga, tumanlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilansin.
Bunda yirik soliq to`lovchilar, doimiy muassasalar, byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg`armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko`proq miqdorda bo`lgan yuridik shaxslarga mazkur bandda belgilanayotgan imtiyozlar tatbiq etilmasligi aytiladi.






