AsosiyJamiyat

Maktab darsliklari uchun yig`ib bo`lingan pullar endi nima qilinadi?

'Maktab darsliklari uchun yig`ib bo`lingan pullar endi nima qilinadi?'ning rasmi

Ayni savolga bugun bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari Usmon Sharifxodjaev javob berdi.

"Darsliklar uchun ayrim maktablarda pul to`planib bo`lishi mumkin. Endi shu mablag`ni ota-onalar maktabga murojaat qilib, qaytarib olishlari kera", – deydi u.

Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari bu borada barchaga ogohlantirish berdi.

"Vazirlik, o`z navbatida, tegishli joylarda pullarni yig`maslik, agar yig`ib bo`lingan bo`lsa, bundan ota-onalarni xabardor qilib, pullarni qo`llariga qaytarib berishni so`raydi", – deydi Usmon Sharifxodjaev.


Mavzuga doir:

Maktab darsliklari endi doimiy bepul bo`ladi — XTV

Maktab sinflarida bolalar sonining 40-45 nafarni tashkil etishi ta`lim sifatiga ta`sir qilmaydimi?

Oybek Shukurov.

    Boshqa yangiliklar