Bugun, 7 sentyabr kuni soat 17:31 da Toshkent shahar Mirobod tumani Shahrisabz ko`chasida joylashgan “Brasserie” restoranida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga eo`ra, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 17:40 da voqea joyiga etib borgan va yong`in soat 17:51 da bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida restoran oshxonasining taxminan 50 kv.m. maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan. Yong`indan binoning 200 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo`lish xolatlari qayd etilmadi.
Hozirda yong`inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






