AsosiyDunyo

Turk Havo Yo`llari UEFA Chempionlar Ligasining rasmiy homiysi bo`ldi

'Turk Havo Yo`llari UEFA Chempionlar Ligasining rasmiy homiysi bo`ldi'ning rasmi

Turk Havo Yo`llari 2023 yilda Istanbulda final o`tkazadigan UEFA Chempionlar Ligasiga homiylik qiladigan birinchi aviakompaniya bo`ldi.

Har yili dunyoning 129 davlatidan millionlab insonlarni osmonda birlashtirgan Turk Havo Yo`llari dunyodagi eng ko`p kuzatilgan sport musobaqalaridan biri bo`lgan UEFA Chempionlar Ligasining rasmiy homiysi bo`ldi. Turk sporti tarixidagi eng muhim homiylik shartnomalaridan biri sanalgan ushbu nufuzli hamkorlik, bu mavsumdagi UEFA Chempionlar Ligasi finali 2023 yilning 10 iyun kuni Istanbuldagi Otaturk Olimpiya stadionida bo`lib o`tishi bilan alohida ahamiyatga ega.

Turk Havo Yo`llari rasmiy homiysi sifatida ishtirok etadigan UEFA Chempionlar Ligasi tashkiloti 70 dan ortiq teleradiokompaniyalar orqali 200 mamlakatda 678 million tomoshabinga etdi. Muxlislar Chempionlar ligasi hayajonida ijtimoiy tarmoqlarda ham 28 million obuna bilan ishtirok etishadi. Turk Havo Yo`llari, o`yindan oldin, o`yin davomida va keyin maydonni o`rab turgan LED ekranlar bilan bir qatorda keng doiradagi ekspozisiya, logotip va nom huquqlariga ega bo`ladi. Kelishuv doirasida Turkiyaning milliy bayroq tashuvchisi rasmiy homiy sifatida UEFA Superkubogi, UEFA futzal chempionlar ligasi finallari va UEFA Yoshlar ligasi finallari bilan ham hamkorlik qiladi.

Turk Havo Yo`llari UEFA Chempionlar Ligasi homiylik shartnomasini e`lon qilish marosimi Istanbuldagi Halich Kongress markazida Turk Havo Yo`llari boshqaruvi va Ijroiya qo`mitasi raisi Prof. Dr. Ahmet Bolat hamda Turk Havo Yo`llari yuqori martabali rahbarlari va UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin ishtirokida bo`lib o`tdi.

Homiylik haqida Turk Havo Yo`llari Boshqaruvi va Ijroiya Qo`mitasi Raisi Prof. Dr. Ahmet Bolat shunday dedi:

"Mamlakatimizning bayroq tashuvchi aviakompaniyasi sifatida biz eng katta sport musobaqalaridan biri bo`lgan UEFA Chempionlar Ligasiga homiylik qilganimizdan juda xursandmiz.

Respublikamizning 100 yilligiga qanotlarini yoygan mamlakatimiz bilan Turk Havo Yo`llari brendini yangi cho`qqilarga olib chiqmoqdamiz. Ushbu homiylik bilan biz Turk Havo Yo`llari brendini dunyoning to`rt burchagiga olib boramiz va 2023 yil 10 iyunda Istanbulda butun dunyoni birlashtiramiz. Turli madaniyatlarni birlashtirgan sportning birlashtiruvchi kuchiga ishonamiz va biz buni davom ettirishni maqsad qilganmiz."

Turk Havo Yo`llari UEFA EURO 2016 uchun rasmiy aviakompaniya homiysi sifatida UEFA bilan hamkorlik qilgan dunyodagi birinchi aviakompaniya bo`ldi. Bayroq tashuvchi aviakompaniya, shuningdek," Barselona", “Manchester United”, “Borussia Dortmund”, “Olympique de Marseille” va «River Plate» kabi mashhur jamoalar bilan ham homiylik qildi. Turk Havo Yo`llari Kobe Bryant va Lionel Messi ishtirokidagi “The Selfie Shootout” reklamasi barcha davrlarning eng ko`p tomosha qilingan reklama roliklari qatoriga kiradi.

Milliy bayroq tashuvchisi futboldan tashqari turli sport sohalarini qo`llab-quvvatlaydi va 2010 yildan beri Evropaning eng muhim basketbol turniri Turk Havo Yo`llari “Euro League”ning bosh homiysi bo`lib kelmoqda. Turk Havo Yo`llari shuningdek, voleybol, tennis, golf, regbi kabi sport turlarini yuqori darajada qo`llab-quvvatlab kelmoqda. 
Chempionlar Ligasiga homiylik qilgan birinchi aviakompaniya bo`ldi.             

    Boshqa yangiliklar