“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–369-son, 06.09.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qarorga muvofiq, O`zbekiston hamda Ozarbayjon Respublikasi Hukumatlari o`rtasida sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida hamkorlik to`g`risidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur Bitim 2022 yil 21 iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O`zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta`minlaydi.






