AsosiyJamiyat

Toshkentda qimmatbaho inomarka va "Nexia-1" ayanchli avtohalokatga uchradi (video)

'Toshkentda qimmatbaho inomarka va "Nexia-1" ayanchli avtohalokatga uchradi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda  qimmatbaho ekanligi aytilayotgan "Audi" avtomobili va  "Nexia"  o`rtasida dahshatli avtohalokat sodir bo`lgani aks etgan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, YTH joriy yilning 7 sentyabr kuni taxminan soat 10:20 larda poytaxtning Uchtepa tumanidagi Kattaqani ko`chasida sodir bo`lgan. 1974 yilda tug`ilgan S.N. boshqaruvidagi "Audi" rusumli (davlat raqami 01 039 PJA) avtomobil va 1953 yilda tug`ilgan U.S. boshqaruvidagi "Nexia-1" rusumli (davlat raqami 01 S 870 VA) avtomobil ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan. 

Ta`kidlanishicha, ayni paytda YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.

To`qnashuv natijasida "Nexia-1" rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar