Joriy yilning 7 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumani Chilonzor ko`chasida daraxtlarni noqonuniy kesilishi bo`yicha xabar tarqaldi.
Holat yuzasidan Davlat ekologiya qo`mitasi joyiga chiqib o`rganish olib borilgani va ona tabiatga etkazilgan zarar haqida ma`lumot berildi.
Unga ko`ra daraxtlar qonunga xilof ravishda kesib yuborilganligi oqibatida tabiatga 797,7 mln. so`m miqdorida zarar etkazilgan.
Bosh prokuraturaning ma`lum qilishicha, o`tkazilgan tekshirish natijasiga ko`ra, quruvchi tashkilot mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzorlarni, o`rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o`simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.