Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-avgust oylarida 3 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O`zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 mln. nafarga yoki 1,9 baravarga oshgan.
O`zbekistonga 8 oyda oyda eng ko`p qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?
— Qozog`iston – 922,7 ming nafar
— Qirg`iz R. – 821,9 ming nafar
— Tojikiston – 814,5 ming nafar
— Rossiya – 316,9 ming nafar
— Turkiya – 45,8 ming nafar
— Janubiy Koreya – 10,9 ming nafar
— Germaniya – 10,3 ming nafar
— AQSh – 7,8 ming nafar
— Hindiston – 6,7 ming nafar
— Fransiya – 6,4 ming nafar
— Ozarbayjon – 6,1 ming nafar
— Isroil – 6,6 ming nafar
— Buyuk Britaniya – 6 ming nafar
— Italiya – 4,7 ming nafar
— Ispaniya – 3,1 ming nafar






