AsosiyJamiyat

Yozyovon va Qorako`l tumanlarida kredit mablag`larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

'Yozyovon va Qorako`l tumanlarida kredit mablag`larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Yozyovon tumanida o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q.S.” MChJ rahbari A.X. hududiy tijorat banki filiali mas`ullari bilan o`zaro til biriktirib, 55 nafar fuqaroga 10 sotixdan er maydoni ajratib, ularning nomlariga ekin urug`i sotib olish uchun 165 mln so`m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag`larni MChJga o`tkazish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Qorako`l tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan I.O. fuqaro B.ning imzosini soxtalashtirib, uning nomidan tijorat banki filialidan 92,5 mln so`m kredit ajratilishiga erishib, ushbu kredit mablag`i evaziga ta`minotchi korxona tomonidan berilgan mayda shoxli mollarni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar