"O`zgidromet" markazining ma`lum qilishicha, bugun kunduz kuni O`zbekiston hududining katta qismida 32-35° atrofida bo`lgan harorat bilan quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning g`arbiy hududlari bo`yicha Volga bo`yi hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.
Shanba va yakshanba kunlari havo massasining kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi va hafta oxirida kuzgi salqin sifatida o`zini namoyon etadi.
11 sentyabrda osmonda kuzgi bulutlar paydo bo`ladi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida biroz yomg`ir yog`ish ehtimoli bor. 11-12 sentyabrda Farg`ona vodiysi viloyatlari bo`yicha ba`zi joylarda va respublikaning tog`li hududlarida yomg`ir yog`adi.
Front kirib kelishida 10-11 sentyabr kunlari shamol 15-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatiladi, shanba kuni Surxondaryo viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba`zi joylarda 20-23 m/s ga etishi mumkin.
Respublika hududining katta qismida havo harorati pasayadi va yakshanba kuniga kelib kunduz kungi harorat 23-28° gacha pasayadi. Dushanba kuniga kelib tungi harorat o`zining minimumiga etadi, bunda termometr ko`rsatkichi 10-13° gacha tushadi.






