AsosiyDunyo

ShHT bosh kotibi Samarqand sammiti ahamiyati haqida gapirdi

'ShHT bosh kotibi Samarqand sammiti ahamiyati haqida gapirdi'ning rasmi

ShHT davlat rahbarlarining Samarqand sammiti mintaqaviy va xalqaro vaziyat yuzasidan konsensusga erishishga yordam beradi. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Chjan Min “TASS” agentligiga bergan intervyusida ma`lum qildi, deya xabar bermoqda "Zamon.uz".

“ShHT davlat rahbarlari sammiti o`zaro fikr almashish uchun yaxshi platforma bo`ladi va davlat rahbarlarining mintaqa va dunyodagi vaziyat masalalari bo`yicha konsensusga erishishiga, ShHTning kelgusi rivoji, tashkilot doirasidagi hamkorlikning rivojlanishiga yordam beradi”, – degan u.

Chjan Min O`zbekiston Samarqand sammiti kun tartibiga siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, transport va kommunikasiya, gumanitar hamkorlik hamda boshqa sohalarda yangi takliflar kiritganini qayd etgan. Hozirda barcha tomonlar bu masalalar yuzasidan faol maslahatlashuvlar o`tkazmoqda.

    Boshqa yangiliklar