1

Bezgakka qarshi yangi vaksina kasallikdan ikki yil himoyalaydi - SSV

Salomatlik 10.09.2022, 10:58
Bezgakka qarshi yangi vaksina kasallikdan ikki yil himoyalaydi - SSV

O`tgan yili Buyuk Britaniyaning dunyoga mashhur “GSK” farmasevtika kompaniyasida bezgakka qarshi ilk vaksina yaratilib, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan keng qo`llash uchun tavsiya etilgan edi.

Ammo tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, mazkur emlash vositasining samaradorligi taxminan 60 foizga teng va vaqt o`tishi bilan uning ta`sir kuchi sezilarli darajada kamayadi.

Shundan kelib chiqib, bu gal Oksford universiteti olimlari yangi vaksina yaratishga bel bog`ladi. Natija kutilganidek ijobiy bo`ldi. Yangi preparatga “Oxford R21/Matrix-M” deb nom berildi.

Ma`lum bo`lishicha, u bezgakning oldini olishda 77 foiz samara beradi va buster dozasi kasallik yuqishidan ikki yil davomida himoyalaydi.

Mutaxassislar yangi vaksina mazkur xavfli kasallikka qarshi kurashda juda katta natija berishiga umid qilishmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1