AsosiyJamiyat

Navoiyda maktab direktori joniga suiqasd qildi

'Navoiyda maktab direktori joniga suiqasd qildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarda bunga Xalq ta`limi bo`limining bosimi sabab bo`lgani aytiladi.

Holat bo`yicha viloyat prokuraturasi munosabat bildirib, tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo`limiga olib kelingan bemor hozirda qoniqarli ahvolda ekanini ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, Konimex tumanidagi 2-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori M.E joriy yilning 7 sentyabr kuni soat 15:00larda o`zini osib, o`z joniga suiqasd qilgan va bu vaqtda akasi R.F ushbu holatni ko`rib qolgan.

Hozirda Konimex tuman prokuraturasi tomonidan hodisa joyi ko`zdan kechirilib, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangani aytilmoqda.

"Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda", – deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar