Bugun, 10 sentyabr kuni Elizaveta II'ning jasadi Edinburgdagi Xolirud saroyiga etkaziladi va Shotlandiya xalqi marhum qirolicha bilan vidolashish uchun taxt xonasiga yig`iladi. Bu haqda Zamon.uz' sayti xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, qirolichani tashish paytida qo`rg`oshin tobutidan foydalaniladi – bu Britaniya qirollik oilasining an`anasi. Bu tanani uzoq vaqt davomida munosib holatda saqlash uchun amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, yakshanba kuni Buyuk Britaniyaning yangi qiroli deb e`lon qilingan Charlz III Shotlandiya poytaxtiga keladi. Yangi monarx Edinburg soboridagi marosimga boshchilik qilishi kutilmoqda.
12 sentyabda vidolashuv marosimi tugagandan so`ng, Elizaveta II'ning jasadi poezdda Londonga etkaziladi va Bukingem saroyining taxt xonasiga joylashtiriladi. So`ngra u Vestminster saroyiga olib boriladi va hamma monarxga so`nggi hurmatini ko`rsatishi mumkin.
"Dafn marosimi 18 sentyabr kuni bo`lib o`tadi. Vestminster saroyi tomoshabinlar uchun ertalab soat sakkiz yarimda yopiladi va bir soatdan keyin qirolichaning tobuti Vestminster abbatligiga etkaziladi",-deyiladi xabarda.






