Bugun 16:51larda Uchtepa tumani, O`rikzor MFY da joylashgan xonadonlarning birida yong`in bo`layotganligi bo`yicha habar berilgan, deya ma`lum qilmoqda Toshkent shahar FVB .
Ta`kidlanishicha, yong`in natijasida uyning 120 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib, zararlangan va olib borilgan tezkor harakatlar natijasida 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
O`tni o`chirish uchun 4 ta maxsus maxsus texnika jalb etilgan.
"Hodisa natijasida kuygan yoki tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Ayni vaqtda yong`inning kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.
Voqea joyida Toshkent shahar FVB boshlig`ining birinchi o`rinbosari-Shtab boshlig`i polkovnik A.Razikov rahbarlik qilgani ayiladi.






