Endilikda O`zbekistonda “perevodchilar” uchun ham super-kontraktga 10% chegirma beriladigan bo`ldi. Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiev xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, xorijdan va O`zbekistondagi nodavlat OTMlardan o`qishini davlat OTMlariga ko`chirish uchun ariza bergan va testda o`tish balini ololmagan talabgorlar ham agar o`zlari xohlasa, super-kontrakt asosida o`qishlari mumkin.
Qayd etilishicha, tez orada ularga super-kontrakt uchun onlayn ariza yuborish va shartnoma olish imkoni yaratiladi. Buning uchun OTMga borish shartmas.






