AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

“O`zgidromet“ 11 sentyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 23-25° bo`ladi.

Qoraqalpog`iston, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo`ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim hududlarida kunning birinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Surxondaryo viloyatida shamolning kuchayishi ba`zi joylarda 20-23 m/s ga etishi mumkin. Harorat kechasi
18-23°, kunduzi 34-39° bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Shamolning kuchayishi ba`zi joylarda 20-23 m/s ga etishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, baland tog`larda (2500 m dan yuqori) yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 18-23° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar