Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi gaz zapravkada avtomobil yonib ketgani aks etgan video tarqaldi.
Viloyat FVB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, yong`in 2022 yil 10 sentyabr kuni soat 17:22da Namangan shahar Yangi Namangan tumani Mingchinor mahalla fuqarolar yig`ini Kosonsoy ko`chasida joylashgan AGTKSh hududida sodir bo`lgan.
Gaz zapravkada Namangan shahar Dashtbog` mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaroga tegishli bo`lgan "Labo Damas" rusumli avtomobilida yong`in sodir bo`lgan.
Sodir bo`lgan yong`inni Namangan shahar FVB 3-Yong`in qutqaruv qismi yong`in-qutqaruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Hozirda sodir bo`lgan yong`in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






