AsosiyJamiyat

Toshkentdagi maktabda ichki ishlar xodimi qo`lida qaychi bilan o`quvchilar sochini tekshirgani aytildi (video)

'Toshkentdagi maktabda ichki ishlar xodimi qo`lida qaychi bilan o`quvchilar sochini tekshirgani aytildi (video)'ning rasmi

Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan 142-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida 10 sentyabr kuni ichki ishlar xodimi qo`lida qaychi bilan o`quvchilar sochini tekshirgani aytildi. 

Bunga shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Ulug`bek tumanida joylashgan 142-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida ichki ishlar organlari xodimlari, maktab ma`muriyati hamda o`quvchilar o`rtasida «Davomat» va «Tig`» tadbirlari bo`yicha profilaktik suhbat o`tkazilgan.

Shuningdek, tadbir jarayonida 11-sinf o`quvchisi B.M. yonida g`ilofsiz holda kansellyariya qaychisini olib yurganligi aniqlangan. Maktab o`quvchilariga sovuq qurol, jumladan o`tkir tig`li buyumlarni olib yurish taqiqlanganligi, kanselyariya qaychisini darsda foydalanish uchun g`ilofda, sumkada olib yurish mumkinligi tushuntirilganligi aks etgan foto ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Profilaktik suhbat jarayonida maktab direktori tomonidan o`quvchilarga maktabda kiyinish qoidalari, tashqi ko`rinishga ahamiyat berish kerakligi tushuntirilgan.

    Boshqa yangiliklar