AsosiyJamiyat

Toshkentdagi maktabda IIO xodimi o`quvchilar sochini tekshirgani yuzasidan Toshkent Xalq ta`limi bosh boshqarmasi munosabat bildirdi

'Toshkentdagi maktabda IIO xodimi o`quvchilar sochini tekshirgani yuzasidan Toshkent Xalq ta`limi bosh boshqarmasi munosabat bildirdi'ning rasmi

Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanidagi 142-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabida ichki ishlar xodimlari ishtirokida o`quvchilar bilan o`tkazilgan odob-axloqqa oid suhbat noto`g`ri talqin qilingani haqida xabar berilgan edi

Holat yuzasidan shahar Xalq ta`lim bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Ulug`bek tumanida joylashgan 142-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida ichki ishlar organlari xodimlari, maktab ma`muriyati hamda o`quvchilar o`rtasida «Davomat» va «Tig`» tadbirlari bo`yicha profilaktik suhbat o`tkazilgan.

Tadbir jarayonida 11-sinf o`quvchisi B.M. yonida g`ilofsiz holda kansellyariya qaychisini olib yurgani aniqlangan. Maktab o`quvchilariga sovuq qurol, jumladan o`tkir tig`li buyumlarni olib yurish taqiqlanganligi, kanselyariya qaychisini darsda foydalanish uchun g`ilofda, sumkada olib yurish mumkinligi tushuntirilgan.

Shuningdek, ubu holat Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi Ishchi guruhi tomonidan o`rganilgan. Unga ko`ra, 10 sentyabr kuni darsdan so`ng, maktabning ma`naviyat xonasiga ta`lim muassasasi direktori M.M. va ma`naviyat-ma`rifat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari V.X. hamda sinf rahbarlari birgalikda Vazirlar Mahkamasi talablariga rioya qilmagan (odob-ahloq qoidalari, ta`lim dargohida o`zini tutish tartiblarini buzgan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo`lgan) yuqori sinf yigitlarini taklif etgan.

Taklif etilgan yuqori sinf o`quvchilari bilan maktab direktori hamda profilaktika inspektor-psixologi tomonidan targ`ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Shuningdek, inspektor-psixolog tomonidan maktabning yuqori sinf o`quvchilari orasida «Tig`» tadbiri ham o`tkazilgan.

Tadbir chog`ida o`quvchining maktab sumkasidan qaychi topilgan. Topilgan qaychi inspektor-psixolog tomonidan barcha o`quvchilarga namoyish qilingan holda, bunday kanselyariya qaychisi o`ziga mo`ljallangan maxsus g`ilofda olib kelinishi kerakligi haqida tushuntirish ishlari olib borilgan.

    Boshqa yangiliklar