Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Respublika bo`yicha shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 23-28° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 24-26° bo`ladi.
Tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, baland tog`larda (2500 m dan yuqori) qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-20° bo`ladi.
12.09.2022 03:05
12 sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi






