Xorazm viloyati Xiva shahrining barcha mahallalari va tumanining ayrim hududlarida 12 sentyabr kuni gaz ta`minoti to`xtatiladi. Bu haqda "Hududgaz Xorazm" xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish doirasida "Xiva-2" gaz taqsimlash stansiyasida ta`mirlash ishlari olib boriladi.
Shu sababli 08:00 dan 18:00 gacha Xiva shahrining barcha mahallalari va Xiva tumanining Doston, Gulshan, Avaz Dunak, Pola Sulton, Pona Maqsim, Otajon To`ra, Gandimiyon mahallalariga tabiiy gaz etkazib berish vaqtinchalik to`xtatiladi.
"Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi. Hududgaz Xorazm gaz ta`minoti filiali gaz ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar uchun iste`molchilardan uzr so`raydi", deyiladi xabarda.