AsosiyDunyo

Erdo`g`on Putin bilan O`zbekistondagi uchrashuvida unga yana Zelenskiy bilan muzokara o`tkazishni taklif qilmoqchi

'Erdo`g`on Putin bilan O`zbekistondagi uchrashuvida unga yana Zelenskiy bilan muzokara o`tkazishni taklif qilmoqchi'ning rasmi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda unga yana bir bor prezident Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o`tkazishni taklif qiladi. Bu haqda CNN Turk telekanali xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, Erdo`g`on va Putin O`zbekistonning Samarqand shahrida uchrashadi. 

Avval xabar berganimizdek, 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlari bo`lib o`tadi.

 

Erdo`g`on va Putin O`zbekistondagi uchrashuvida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi masalasini ko`taradi va Erdo`g`on Putinga “Turkiya vositachilik tashabbuslari orqali urushni tugatish va doimiy o`t ochishni to`xtatishga erishish uchun qo`lidan kelgan barcha ishni davom ettirishini” etkazadi.

Bundan tashqari, Turkiya prezidenti Zelenskiy va Putin o`rtasida Turkiyada to`g`ridan-to`g`ri muzokaralar o`tkazish taklifini takrorlaydi va “diplomatik echimga urg`u beradi”.

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar