Moskva va Sankt-Peterburgning 18 okrugidagi deputatlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning iste`fosini talab qilib, ommaviy bayonotni imzoladilar.
Buni imzo to`playotgan Sankt-Peterburg okrugi deputati Kseniya Torstrem o`z tvitterida e`lon qilgan.
“Biz, Rossiya munisipal deputatlari, prezident Putinning xatti-harakatlari Rossiya va uning fuqarolari kelajagiga zarar etkazadi deb hisoblaymiz. Biz Vladimir Putinning Rossiya prezidenti lavozimidan ketishini talab qilamiz", — deyiladi unda.
Hujjatga 20 nafar deputat imzo chekkan.
Ma`lumotlarga ko`ra, shu kabi bayonotlar imzolanish jarayoni 1 hafta avval boshlangan.
Xususan, Sankt-Peterburgdagi"Smolninskoe" munisipaliteti deputatlari Davlat dumasini Putinni Ukrainadagi urush tufayli lavozimidan chetlashtirish uchun unga nisbatan davlatga xiyonatda ayblovlar qo`yishga chaqirgan. Xorij OAV ular rus armiyasini obro`sizlantirish bo`yicha protokollar tuzishganini ham nashr qilmoqda.
Eslatib o`tamiz, "Lomonosovskiy" munisipal okrugi deputatlari ham Rossiya prezidentining rahbarlikdan ketishini talab qilgan.






