Dastlabki ma`lumotga ko`ra, u sog`ligi yomonlashgani tufayli rul boshqaruvini yo`qotgan va qatnov qismini ajratib turuvchi ko`kalamzorlashtirilgan maydonchadagi daraxt bilan to`qnashgan.
Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, 12 sentyabr kuni taxminan soat 09:00 larda sodir bo`lgan hodisadan so`ng ko`rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay, avtomashina haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Eslatib o`tamiz, mazkur holat yuzasidan hozirda Tergov boshqarmasi tomonidan tekshiruv ishlari boshlangan.






