Tojikiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati Akademiyasi professori mazkur savolga javob berdi.
ShHT o`zaro bog`liqlik muammosini qanday hal qilmoqda va bu yo`lda qanday to`siqlar mavjud?
— O`zaro bog`liqlik masalasi so`nggi 10-12 yil ichida, ayniqsa transport sohasida juda dolzarb bo`lib kelgan va shunday bo`lib qolmoqda. Katta yutuqlardan biri sifatida 2014 yilda Dushanbeda avtomobil tashishlari uchun qulay sharoitlar yaratish to`g`risidagi bitimning qabul qilinishini ko`rsatish mumkin. Bu juda murakkab hujjat bo`lib, u 8 yil davomida BMT ESKATOning etakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda tayyorlandi.
Ushbu bitim ShHTga a`zo barcha davlatlar tomonidan 2016 yilda ratifikasiya qilingan (o`sha paytda 6 mamlakat) va eng yirik fundamental xalqaro hujjatga aylangan. Uning qabul qilinishi oltita yashil yo`lakni shakllantirishda amalga oshirilgan noyob imkoniyatlarni yaratib berdi.
Ushbu bitimning afzalligi shundaki, u ochiq bitim maqomiga ega, unga 2018 yilda Belarus qo`shilgan, Afg`oniston va Turkmaniston esa katta qiziqish bildirgan. Turkmaniston kelajakda ushbu hujjatga qo`shilishga qaror qilsa, Eron yaqin kunlarda ShHTning to`laqonli a`zosiga aylanishini inobatga olib, fors ko`rfaziga yashil yo`lak ochilishini aytib o`tish kerak. Bunday holda, tovarlarni barcha transport vositalari, shu jumladan Evroosiyo makonining istalgan nuqtasiga — Shanxaydan Fors ko`rfaziga yoki Boltiq dengiziga temir yo`l orqali etkazib berish mumkin bo`ladi.
Albatta, ushbu maqsadga erishish uchun 10 yil davomida samarali va raqobatbardosh transport va texnologik infratuzilmani yaratishga qaratilgan keng ko`lamli qo`shma ishlar amalga oshirildi. Qayd etganimdek, O`zbekiston tashabbusi bilan temir yo`l administrasiyalari o`rtasidagi hamkorlik rivojlanmoqda, xalqaro avtomobil tashishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ishlari davom etmoqdv va hk.
Albatta, o`zaro bog`liqlik vazifasini amalga oshirish yo`lida to`siqlar mavjud. Ular texnik va xolis xarakterga ega.
Transport sohasidagi o`zaro hamkorlik maqsadida yagona formula va yagona algoritmni ishlab chiqish uchun vaqt, resurslar va barcha davlatlarning roziligi talab etiladi. Ammo bu muammolarni bartaraf etish mumkin.






