AsosiyJamiyat

Toshkentda ko`p qavatli uydagi xonadonda fuqaro yonib ketib, halok bo`ldi (video)

'Toshkentda ko`p qavatli uydagi xonadonda fuqaro yonib ketib, halok bo`ldi (video)'ning rasmi

Bugun soat 06:10 larda Yangihayot tumani "Chorbog` " MFY da joylashgan ko`p qavatli honadonlarninig birida yong`in kelib chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, yong`in joyiga soat 06:14 da yong`in-qutqaruv guruhlari etib borgan va soat 06:27 da yong`in to`liq bartaraf etilgan. Yong`in  natijasida uy jihozlari va uyning ichki qismi 30 kv.m maydonda yonib zararlangan hamda bir nafar fuqaro kuyish tan jarohati natijasida halok bo`lgan. Yong`inning kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar