AsosiyJamiyat

Toshkentda yo`l o`rtasidan issiq suv otilib chiqdi

'Toshkentda yo`l o`rtasidan issiq suv otilib chiqdi'ning rasmi

Toshkent shahri Muhammad Yusuf ko`chasidan o`tgan issiq suv tarmog`ida nosozlik yuzaga keldi. Holat yuzasidan «Veolia Energy Tashkent» mas`uliyati cheklangan jamiyati xususiy korxonasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, «Veolia Energy Tashkent» mas`uliyati cheklangan jamiyati xususiy korxonasi tomonidan 2022-2023 yillarda isitish mavsumiga sifatli tayyorgarlik ko`rish maqsadida joriy yil 13 sentyabr kuni 1-IM qozonxonasining amal qilish hududida issiqlik quvurlarining mexanik chidamliligi va zichliligi sinovdan o`tkazilgan.

Shuningdek, tasdiqlangan jadval asosida o`tkazilgan sinov jarayonida Muhammad Yusuf ko`chasidan o`tgan diametri 500mm bo`lgan issiqlik tarmog`ida avariya sodir bo`ldi, natijada er ostidan issiq suv otilib chiqishi kuzatilgan.

Hozirda issiq suv chiqishi to`xtatilib, maxsus texnikalar yordamida avariyani zudlik bilan bartaraf etish choralari ko`rilayotgani ma`lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar