Avgust oyi oxirida Toshkent hayvonot bog`ida jirafa Alatau o`limi haqida xabar berilgan edi. 13 sentyabr kuni hayvonot bog`i jonivorning o`limi sababini ma`lum qildi.
O`limdan keyingi patologoanatomik va laborator tekshiruvlari natijalariga ko`ra, hayvonning o`limi proventrikulyar timpaniya tufayli yuzaga kelgan miya ishemiyasi tufayli sodir bo`lgan. Timpaniya, o`z navbatida, o`n ikki barmoqli ichakning tug`ma nuqsoni tufayli hosil bo`lgan.
Alatau O`zbekiston poytaxtiga 2016 yilda uch yoshligida Olmaota hayvonot bog`idan olib kelingan edi. U Toshkent hayvonot bog`idagi birinchi jirafa bo`ldi.
"Bizda uning yashashi va to`laqonli oziqlanishi uchun eng ma`qul sharoitlar yaratilgan edi, shuningdek, barcha profilaktik veterinariya tadbirlari ham o`z vaqtida o`tkazilgan", deyiladi hayvonot bog`i xabarida.






