AsosiyJamiyat

BAAdan Namanganga muntazam aviareyslar yo`lga qo`yildi

'BAAdan Namanganga muntazam aviareyslar yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Aviakompaniya joriy yilning 24 sentyabridan e`tiboran, haftasiga ikki marta Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)dan Namanganga to`g`ridan-to`g`ri reyslarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Namangan xalqaro aeroportiga parvozlar chorshanba va shanba kunlari Dubay xalqaro aeroporti 2-terminalidan amalga oshiriladi. Namanganga o`z faoliyatini boshlashi bilan flydubai Markaziy Osiyodagi tarmog`ini etti punktgacha kengaytiradi, bu BAA va Fors ko`rfazi mamlakatlari bilan savdo aloqalarini kengaytirish, fuqarolarga esa mintaqani ko`proq kashf qilish imkonini beradi.

- O`zbekiston flydubai uchun rivojlanayotgan bozorga aylandi va biz Namanganga va kelgusi hafta Samarqandga parvozlar boshlanishi bilan tarmog`imiz kengayib borayotganidan xursandmiz. Reyslarimizning boshlanishi BAA va O`zbekiston o`rtasidagi savdo va madaniy aloqalarni mustahkamlaydi.
Namangan O`zbekistonning yirik shaharlaridan biri bo`lib, savdo va hunarmandchilik markazi sifatida o`zining ahamiyatini yanada mustahkamladi. Farg`ona vodiysida joylashgan bu maskan o`zining qadimiy maskanlari, an`anaviy hunarmandchiligi va muhtasham me`morchiligi bilan mashhurdir, - dedi Flydubai bosh ijrochi direktori G`ayt Al-G`ayt.

- Markaziy Osiyo flydubai uchun tez rivojlanayotgan bozorga aylandi, bu erda faoliyat boshlaganimizdan buyon biz sayohatga barqaror talabni ko`rdik. Biz Namanganlik sayohatchilarni flydubai tarmog`ining Jidda, Madina va Male kabi boshqa nuqtalariga etkazish uchun xizmat qilishni ham rejalashtirganmiz, - dedi Flydubai aviakompaniyasining tijorat operasiyalari va elektron tijorat bo`yicha katta vise-prezidenti Jeyxun Afandi parvozlarning boshlanishini sharhlar ekan.

Aviakompaniya Markaziy Osiyoning etti yo`nalishi bo`yicha, jumladan, Qozog`istonning Olmaota va Nur-Sulton, Qirg`izistonning Bishkek, Tojikistonning Dushanbe, O`zbekistonning Namangan, Samarqand va Toshkent shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar