Ma`lumotda qayd etilishicha, bugun soat 09:02 da Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani Mirzo Ulug`bek va Do`rmon yo`li ko`chalari chorrahasida harakatlanib ketayotgan “Mersedes-Benz” rusumli avtobusda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 09:05 da yong`inga etib borgan va soat 09:08 da bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida avtobusning motor qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lgan fuqarolar yo`q.
Hozirda yong`inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.






