Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Rossiyaning "SSK Zvezda", "Termovent" korxonalari o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga muvofiq, fuqarolar Primorsk o`lkasi va Sankt-Peterburg shahriga kemasozlik hamda g`isht teruvchilik bo`yicha ishga taklif etiladi.
Oylik maoshi bajariladigan ish hajmiga qarab 57-65 ming rubl atrofida.
Tanlovlarda ishtirok etish istagida bo`lgan fuqarolar xorijga chiqish pasporti bilan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo`yicha murojaat qilishlari mumkin.
Tanlovlar vaqti va manzillar;
Toshkent viloyati: 15 sentyabr soat 11:00 da.
Nurafshon shahri, Qumariq MFY, Qumariq shoh ko`chasi, 1-uy.
Mo`ljal: Sada avtobus bekati.
(99) 8237315.
Toshkent shahri: 15 sentyabr soat 11:00.
Yakkasaroy tumani, Kichik xalqa yo`li ko`chasi 3-uy.
Mo`ljal: Janubiy vokzal, Solomatina. Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasi binosi qarshisida.
(94) 020-44-01.
Namangan viloyati: 15 sentyabr, soat 14:00 da.
Namangan shahri, Nodira ko`chasi 3-uy,
Mo`ljal: Bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi yonida.
(69) 227-94-64, (69) 227-97-27
14.09.2022 18:43
Rossiyada ishlamoqchi bo`lganlarga muhim ma`lumot e`lon qilindi
