Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning shimolida ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 29-34° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32-34° bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-27° bo`ladi.
15.09.2022 04:12
Bugun harorat 32-34 daraja bo`lishi prognoz qilinmoqda






