AsosiyJamiyat

16-18 sentyabr kunlari Erni magnit bo`roni qoplaydi

'16-18 sentyabr kunlari Erni magnit bo`roni qoplaydi'ning rasmi

Mutaxassislar yaqin kunlarda Erni kuchli magnit bo`roni qoplashi haqida ogohlantirmoqda. Bu haqda "Zamon.uz" sayti yozmoqda.

Xususan, hodisa 16-18 sentyabr kunlari kuzatiladi. 16 sentyabr kuni bo`ron o`rtacha, 17-da  kuchli va 18 sentyabrda yana o`rtacha bo`ladi.

Magnit bo`ronlarning ta`sirini minimallashtirish uchun mutaxassislar ortiqcha ishlamaslik, etarlicha uxlash, spirtli ichimliklar, kofeinli ichimliklar, yog`li va zararli ovqatlardan voz kechishni tavsiya qiladi. Shuningdek, jismoniy faollikni kamaytirish va ochiq havoda ko`proq vaqt o`tkazish maqsadga muvofiqdir.

Avval ham Quyoshdagi kuchli chaqnash tufayli Er sayyorasi magnit bo`roni bilan qoplangan edi.

    Boshqa yangiliklar