AsosiyDunyo

⚡️ Qirg`iziston prezidenti Samarqanddan qaytadi va chegaradagi vaziyat bo`yicha yig`ilish o`tkazadi

'⚡️ Qirg`iziston prezidenti Samarqanddan qaytadi va chegaradagi vaziyat bo`yicha yig`ilish o`tkazadi'ning rasmi

Ayni paytda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo Davlat rahbarlari kengashi yg`ilishida ishtirok etayotgan Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov o`z yurtiga qaytib ketadi. 

Qirg`iziston Jo`qorg`i Keneshi spikeri Talant Mamitovning ma`lum qilishicha, Sadir Japarov Samarqanddan qaytadi va soat 17:00 da chegaradagi vaziyat bo`yicha yig`ilish o`tkazadi.

Eslatib o`tamiz, bugun 16 sentyabr qirg`iz-tojik chegarasida otishma sodir bo`ldi.

Ayni paytda ham Qirg`iziston va Tojikiston chegarasida qurolli to`qnashuvlar davom etmoqda, tomonlar bir-birini provokasiyada ayblamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda to`qnashuvlar aks etgan tasvirlar tarqalmoqda.  

Tojikiston tomoni zalp bilan otiladigan reaktiv tizimlarini qo`llamoqda, deb xabar qildi Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi chegara xizmati. Kadrlarda Tojikiston tomondan raketalar uchirilgani aks etgan.

Lavhalardan birida Tojikiston harbiylari bostirib kirgan qirg`iz ma`muriy binosiga bayroq o`rnatilgani aytilgan. 

 Eslatib o`tamiz, ayni vaqtda ikki mamlakat prezidentlari — Japarov va Emomali Rahmon Samarqandda bo`lib turibdi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar