Bu haqda "O`zbekiston havo yo`llari" MAK matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 16-sentyabr kuni rejalashtirilgan HY-273/274 Toshkent – Istanbul – Toshkent yo`nalishidagi aviaqatnov vaqti texnik sabablarga ko`ra o`zgartirildi.
Unga ko`ra:
Toshkentdan uchish: 20:00 (17:00 o`rniga)
Istanbulga etib borish: 23:30 (20:20 o`rniga)
Istanbuldan uchish: 23:59 (21:45 o`rniga)
Toshkentga etib borish: shanba kuni 07:00 (04:15 o`rniga)
"Keltirilgan noqulayliklar uchun yo`lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda.






