Ilhom Aliyev ayni kunda Ozarbayjon va Armaniston o`rtasidagi vaziyatni ochiq aytdi.
Ayni kunlarda ShHT sammitida qatnashish uchun Samarqandda bo`lib turgan Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.
Ma`lum qilinishicha, Rossiya Federatsiyasi rahbari uchrashuvda arman-ozar xalqlari o`rtasidagi vaziyatdan xavotirda ekanini bildirgan.
"Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatning keskinlashuvidan barchamiz juda xavotirdamiz.
Muvofiqlashtirilgan sa`y-harakatlar Boku va Irevan o`rtasidagi keskinlashuvning oldini olishga muvaffaq bo`lgani yaxshi, ammo vaziyat tarangligicha qolmoqda",—deydi u.
Aliyev suhbat davomida ayni paytdagi vaziyat bo`yicha munosabat bildirgan.
Uning ta`kidlashicha, sukut rejimiga rioya qilish na Armaniston, na Ozarbayjonning rejasida bor, biroq ayni soatlarda mamlakatda vaziyat barqaror.
"Armaniston tomoni o`t ochishni to`xtatish rejimini darhol amalga oshirishga kirishmadi, lekin umuman olganda, rejimga taxminan 2 kundan beri rioya qilinmoqda"—deydi Ozar xalqi rahbari.






