AsosiyJamiyat

Jamoat transportida imtiyozli yurish kartasini berish bo`yicha reglament tasdiqlandi

'Jamoat transportida imtiyozli yurish kartasini berish bo`yicha reglament tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat qarori (16.09.2022 y. 507-son) bilan Shahar yo`lovchilar transportida (yo`nalishli va yo`nalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi

 Reglamentga muvofiq, quyidagi shaxslarga imtiyozli transport kartasi beriladi:

1941–1945 yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo`lmish harbiy xizmatchilar;

1941–1945 yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;

1941–1945 yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;

Afg`oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo`lmish fuqarolar;

haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo`yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;

Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;

ko`zi ojiz nogironlar va ko`zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs.
 Imtiyozli transport kartalarini olish uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

 Vakolatli organ arizani 2 ish kunida o`rganib imtiyozli karta berish yoki uning berilishini rad etish haqida murojaat qiluvchiga ma`lumot yuboradi.

 Davlat xizmatini ko`rsatganlik uchun yig`im undirilmaydi, imtiyozli karta cheklanmagan muddatga beriladi.

Qarorga muvofiq, imtiyozli transport kartalarini berish bosqichma-bosqich:

Toshkent va Samarqand shaharlarida – 2023 yil 1 yanvardan;

respublikaning barcha shaharlarida – 2023 yil 1 maydan amalga oshiriladi.

Eski namunadagi guvohnomalar 2023 yil 1 sentyabrgacha o`z kuchini saqlab qoladi.


 

    Boshqa yangiliklar