Davlat test markazida 17 sentyabr kuniga belgilangan apellyasiya arizalarini ko`rib chiqish jarayoni yakunlandi. Bu haqda DTM axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, apellyasiya arizalari 2022 yil 7 sentyabrdan boshlab Apellyasiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko`rib chiqilmoqda.
Bundan 7—17 sentyabr kunlari apellyasiya arizalari ko`rib chiqilishi belgilangan 5 980 nafar talabgordan 889 nafari (14,9 foizi) ishtirok etgan. Shundan:
- OTMlarning bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari bo`yicha — 744 nafar (4 980 nafar abiturientdan);
- Xorijiy va nodavlat OTMlardan o`qishni ko`chirish test sinovlari bo`yicha — 145 nafar (1 000 nafar talabgordan).






