AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar o`tgan 8 oyda elektromobillar importiga 46,4 mln. AQSh dollari sarfladi

'O`zbekistonliklar o`tgan 8 oyda elektromobillar importiga 46,4 mln. AQSh dollari sarfladi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 2022 yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 46,4 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 1 499 dona elektromobillar import qilgan.

 Joriy yilda elektromobillar importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1 003 donaga yoki 3 barobarga oshgan.

 O`zbekiston joriy yilning  yanvar- avgust oylarida eng ko`p elektromobillar import qilingan davlatlar:

— Xitoy – 1,3 ming dona

— BAA – 110 dona

— Germaniya – 34 dona

— Gonkong – 30 dona

— Boshqa davlatlar– 19 dona
​​​​​​

    Boshqa yangiliklar