AsosiyJamiyat

SSV: 500 grammdan 1000 grammgacha bo`lgan chaqaloqlarning yashab qolish ko`rsatkichi so`nggi olti yilda qariyb 3 barobar oshgan

'SSV: 500 grammdan 1000 grammgacha bo`lgan chaqaloqlarning yashab qolish ko`rsatkichi so`nggi olti yilda qariyb 3 barobar oshgan'ning rasmi

Bir paytlar bedavo hisoblangan ko`plab xastaliklarning muolaja qilinishi, tug`ma nuqsonlarning sanoqli daqiqalar ichida bartaraf etilayotgani, tanaga tig` tekkizmasdan murakkab operasiyalar o`tkazilishi — bularning barchasi zamonaviy tibbiyot yutuqlari. 

Muhimi, bugun ana shu ilg`or davolash usullari va innovasion yondashuvlar yurtimiz sog`liqni saqlash tizimiga ham bosqichma-bosqich tatbiq etilmoqda. 

Qarang, muddatidan ancha ilgari, 500 gramm va undan yuqoriroq vazn bilan tug`ilgan, hali tana a`zolari to`liq shakllanib ulgurmagan chaqaloqlarning yashab ketish imkoniyati avvallari deyarli 0 foizga teng bo`lgan. Endi esa ana shunday go`daklar hayotini ham saqlab saqlab qolsa bo`ladi. 

— JSST tomonidan ishlab chiqilgan mezonlarga ko`ra, agar bola homiladorlikning 22-haftasida dunyoga kelib, vazni 500 gramm va undan ortiq, bo`yi 25 sm. va undan ziyod bo`lsa, u tirik tug`ilgan hisoblanadi, — deydi Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Elmira Basitxanova. 

— Shunga qaramay, ba`zi mamlakatlarda mazkur mezonlar hanuz tegishliliga ko`ra, 28 hafta, 1000 gramm, 35 sm. sifatida saqlanib qolmoqda. Bizda esa JSST tavsiyalari — amalda. Unga muvofiq, chaqaloq 22 haftadan boshlab tug`ilib, vazni 500 gramm va undan ortiq bo`lsa, FHDYo idoralarida qayd etiladi. 

 Buning uchun mamlakatimizdagi perinatal xizmat ko`rsatuvchi uchinchi darajali tug`uruq muassasalarida kam vaznli, muddatdan oldin tug`ilgan chaqaloqlarni davolash va parvarishlashga doir ilg`or texnologiyalar joriy etilgan.

Xo`sh, bu qanday natija bermoqda? 

 Vazir o`rinbosarining ta`kidlashicha, kam vaznli — 1500 grammgacha bo`lgan chaqaloqlarning yashab qolish darajasi 2015 yilda 25 foizga teng bo`lgan. 2021 yil yakunlariga ko`ra, bu ko`rsatkich 80 foizgacha etdi. 

 Shuningdek, erta tug`ilgan o`ta kam vaznli, ya`ni 500 grammdan 1000 grammgacha bo`lgan go`daklarning yashab qolish darajasi esa 2015 yildagi 14 foizdan 40 foizacha oshdi. 

 Shu asnoda bunday chaqaloqlar parvarishi, muolajasi va reabilitasiyasi bo`yicha yurtimizda milliy tajriba shakllantirildi. 

Shuningdek, 1000 —1500 gramm vaznda tug`ilgan chaqaloqlar hayotini saqlab qolish 50 foizdan 75-80 foizgacha yuqoriladi. O`z navbatida, go`daklar o`limi darajasi 11,4 promilledan 9,3 promillega tushdi. 

Bu — milliy tibbiyotimizda perinatal va neonatal xizmatlar sifati va qamrovi hamda kadrlar salohiyati yil sayin oshib borayotgani dalolatidir.

 

    Boshqa yangiliklar